Ommaviy joylarda xavfsizlik choralari kuchaytirildi

22 mart kuni Moskva viloyatidagi Crocus City Hall konsert zalida terakt etilgandi.  

Jamiyat
29-mart, 16:23
Ommaviy joylarda xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Toshkent shahridagi savdo majmualari, koʻngilochar maskanlari, bozorlar va boshqa jamoat joylarida xavfsizlik nazorati choralari kuchaytirildi. 

"Poytaxtimizda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida Toshkent shahar IIBB xodimlari savdo majmualari, koʻngilochar maskanlari, bozorlar va boshqa jamoat joylarida kuchaytirilgan tartibda xizmat olib bormoqda" deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.

Eslatib oʻtamiz, 22 mart kuni tunda Moskva viloyatidagi Crocus City Hall konsert zalida terakt sodir etildi. Ushub terakt oqibatida 140 nafardan oshiq kishi halok boʻldi, 360 oshiq odam jabrlandi. 

Ushbu hodisa ortidan Rossiya, Turkiya va Yevropa davlatlarida ham xavfsizlik choralar kuchaytirildi. Jumladan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiya va Turkiyaga borayotgan oʻzbekistonliklarni ogohlantirdi.

telegram
telegram

Telegramda kuzatib boring!

Platina
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+