Isroil bosh vaziri Gʻazodagi urush qachon tugashi mumkinligini aytdi
Netanyaxuning iddao qilishicha, Isroil HAMASning jangovar boʻlinmalarining uchdan ikki qismini yoʻq qilgan.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroilning Gʻazo sektoridagi urush qachon yakunlanishi mumkinligini aytdi. Bu haqda u Politico nashriga bergan intervyusida gapirdi.
Netanyaxuning iddao qilishicha, Isroil HAMASning jangovar batalonlarining toʻrtdan uch qismini yoʻq qilgan. Uning soʻzlariga koʻra, Gʻazodagi jangovar harakatlar 1-2 oy ichida yakunlanadi.
“Jang ikki oydan ortiq davom etmaydi. Balki olti hafta, balki toʻrt hafta”, dedi bosh vazir.
Eslatib oʻtamiz, 2023 yil 7 oktabrdan buyon Gʻazo sektorida urush davom etmoqda. Isroilning hududga kirishi natijasida Gʻazoda misli koʻrilmagan gumanitar inqiroz vujudga keldi. Oqibatda 30 mingdan oshiq kishi halok boʻldi.
Muqaddas Ramazon oyi boshida Isroil xurmolarini boykot qilish kun tartibiga chiqdi.
Bir muddat avval gumanitar yordamni tarqatish vaqtida 100 dan oshiq inson halok boʻlgandi.




