platina.uz

Yana 18 hokim ishdan olinishi kutilmoqda

Bosh vazir ularning lavozimga loyiqligini koʻrib chiqadi. 

Jamiyat
18-yanvar, 13:27
Yana 18 hokim ishdan olinishi kutilmoqda

Oʻzbekistonda yana 18 ta hokim ishdan ketishi mumkin. Bu haqda Prezident yigʻilishida maʼlum qilindi.

Oʻtgan yili 5 ta - baliqchilik, parrandachilik, zargarlik, asalarichilik, ipakchilik tarmoqlarida xorijiy investitsiyani jalb qilish ishlari eng sust darajada boʻlgani koʻrsatib oʻtildi.

Xorijiy investitsiyalar hajmi 2023 yilda 1,6 barobar oʻsgan boʻlsa-da, eng katta salohiyatga ega Samarqand va Toshkent shahrida bu koʻrsatkich imkoniyatga yarasha boʻlmadi.

Shuningdek, 12 ta tuman va shaharda oʻzlashtirilgan jami investitsiyalar oʻtgan yilga nisbatan kamaygan.

Yoki, 6 ta tuman va shaharda oʻzlashtirilgan investitsiya 10 million dollarga ham yetmagan.

Masalan, Shofirkon, Yangiobod, Nurobod, Paxtachi, Furqat va Xiva tumani hokimlariga konsalting kompaniyalar tomonidan 800 million dollarlik 241 ta tayyor investitsiya loyiha takliflari ishlab berilgan boʻlsa-da, hokimlar tayyor loyihalarga ham investor topmagan.

Bosh vazirga ushbu kamchiliklar qayd etilgan 18 ta tuman va shahar hokimlarining lavozimga loyiqligini koʻrib chiqish topshirildi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq ikki amaldor ishdan olingan, Bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Xodjayev ogohlantirilib, 10 nafar hokimga chora koʻrilishi belgilangandi.

Bundan tashqari adliya va transport vazirlari ham ogohlantirildi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+