Surxondaryoda sud raisi vafot etdi
Avvalroq Sergeli tumani sudyasi ham olamdan oʻtgandi.

Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Sariosiyo tuman sudi raisi Vohidjon Norbekov vafot etdi.
Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib oʻtamiz, dekabr oyida xonanda Jahongir Otajonovning ishini koʻrib chiqqan Sergeli tumani sudi sudyasi Temurjon Yusupov vafot etgandi. Undan avvalroq shu tuman sudyasi Farhodjon Shukurov uzoq davom kasallik oqibatida olamdan oʻtgandi.