platina.uz
Jamiyat

Sergelidagi yongʻin qariyb 7 soatda oʻchirildi

Portlash oqibatida jabrlanganlarning umumiy soni 163 nafarni tashkil etmoqda.

Sergelidagi yongʻin qariyb 7 soatda oʻchirildi

Sergeli tumanidagi “Inter Logistics” MChJga qarashli omborxonalar hududidagi yongʻin qariyb 7 soatda oʻchirildi.

Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari soat 02:48 da yetib borib, soat 05:02 da yongʻin qurshab olingan va soat 10:47 da batamom oʻchirilgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ayni paytda bosh vazir oʻrinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida hukumat komissiyasi tuzilgan. Yongʻin joyiga bosh vazir – fuqaro muhofazasi boshligʻi A.Aripov, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, prokuratura, ichki ishlar vazirligi, bojxona boshqarmasi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi xizmatlarning rahbarlari chiqqan.

Portlash oqibatida jabrlanganlarning umumiy soni 163 nafarni tashkil etmoqda. Hodisa oqibatida yongʻin yaqinidagi koʻp kvartirali uylarning birida boʻlgan 2006 yilda tugʻilgan 1 nafar fuqaro voqea joyida halok boʻlgan.

Portlash yuzasidan IIV Tergov departamenti Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a” va ”b” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatgan.

Yongʻinni bartaraf etish ishlariga, FVV va boshqa tegishli tashkilotlardan jami 210 ta texnika va 2000 dan ortiq shaxsiy tarkib jalb qilindi. Dastlabki oʻrganish ishlariga koʻra 15 ming kv.m omborxona maydonida yongʻin oʻchirilib, 30 ming kv.m maydoni saqlab qolindi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid