platina.uz
Jamiyat

Bolalar ovqat yo doridan zaharlanmagan — vazir oʻrinbosari

Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Elmira Bositxonova bugun Namanganda matbuot anjumani oʻtkazdi.

Bolalar ovqat yo doridan zaharlanmagan — vazir oʻrinbosari

Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Elmira Bositxonova bugun Namanganda matbuot anjumani oʻtkazib, bolalarning zaharlanishiga ovqat yoki dori sabab boʻlmaganini aytgan.

"Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan hamma xabarlarga ishonavermaslik, bunday holatlarda faqatgina mutaxassislarni fikriga tayanib axborot tarqatilishi kerak", degan u.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida yana Namangan viloyati hokimi oʻrinbosari Botirjon Nuritdinov va ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashgan.

Anjumanda vazir oʻrinbosari bolalarda kuzatilgan holat, dastlabki tekshiruv xulosalariga koʻra, dori vositalari yoki ovqatdan zaharlanish emasligini, hozirda 20 ga yaqin analiz xulosalari olingani va chuqurlashtirilgan tekshiruvlar natijasi xulosalari holatga aniqlik kiritishini aytgan.

"Hozirda salomatligidan shikoyat qilib kelayotgan bolalarning 85 foizi holati yaxshi, uylariga qaytishga birin-ketin ruxsat berilmoqda, qolganlari kun boshida roʻyxatga olingan boʻlib, ularning ham ahvollari yaxshilanib bormoqda", degan Elmira Bositxonova.

Avvalroq Chust tumanida ommaviy zaharlanish kuzatilgan, keyinroq bu holat Andijonda ham sodir boʻlgan. Vaziyat esa prezident tomonidan nazoratga olingan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid