platina.uz
Iqtisod

Oʻzbekiston va Rossiya gaz eksporti hajmini koʻpaytirishni muhokama qilmoqda

Rossiya gazini yetkazib berish Qozogʻiston hududidan oʻtuvchi "Markaziy Osiyo – Markaz" gaz quvuri orqali amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston va Rossiya gaz eksporti hajmini koʻpaytirishni muhokama qilmoqda

Rossiya Oʻzbekiston va Qozogʻiston bilan tabiiy gaz yetkazib berish hajmini oshirish masalasini muhokama qilmoqda, deydi RF energetika vazirining birinchi oʻrinbosari Pavel Sorokin.

“Gazprom" allaqachon ushbu mamlakatlarga gaz yetkazib berish shartnomalarga ega. Taʼminot hajmini oshirish haqiqatan ham muhokama qilinmoqda va birinchi natijalar allaqachon mavjud", — dedi Sorokin "Rossiyskaya gazeta"ga bergan intervyusida.

Uning fikricha, Markaziy Osiyo orqali Xitoyga gaz tranziti haqida gapirishga hali erta. Shu bilan birga, infratuzilmani kengaytirish va gaz aloqalarini chuqurlashtirish barchaga foyda keltiradi, dedi u.

Markaziy Osiyo davlatlari gazga boʻlgan talabning eng yuqori davrlarini kafolatlay oladi va eksport shartnoma majburiyatlarini bajara oladi, deya qoʻshimcha qildi vazirning birinchi oʻrinbosari.

Eslatib oʻtamiz, 16 iyun kuni Oʻzbekiston energetika vaziri Joʻrabek Mirzamaxmudov va “Gazprom” rahbari Aleksey Miller oʻrtasida shartnoma imzolandi, unga koʻra Rossiya gazini Oʻzbekistonga 2023 yilning toʻrtinchi choragida yetkazib berish boshlanadi. U 2 yil muddatga moʻljallangan boʻlib, yiliga 2,8 milliard kub metr gaz yetkazib berishni nazarda tutadi.

Avvalroq, Qozogʻistonning "QazaqGaz" kompaniyasi 2023 yil oktabridan tranzit tarzda Rossiyadan Oʻzbekistonga gaz eksport qilishni boshlashi maʼlum qilingandi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Turkmaniston bilan yiliga 2 mlrd. kub metrgacha tabiiy gaz yetkazib berish boʻyicha qisqa muddatli shartnoma imzolagan. Bu haqda Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov avgust oyida OAVga maʼlum qilgandi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid