platina.uz
Jahon

Putin isyonchi "vagnerchilar"ga taklif bilan chiqdi

Prezidentning aytishicha, "qoʻzgʻolon tashkilotchilari oʻz xalqiga xiyonat qildilar".

Putin isyonchi "vagnerchilar"ga taklif bilan chiqdi

Kuni kecha Rossiya prezidenti Vladimir Putin murojaat bilan chiqdi va yana isyonchi "Vagner" aʼzolari haqida gapirdi.

Putinga koʻra, jamiyat va hokimiyat konstitutsiyaviy tuzumni qoʻllab-quvvatlashda yuqori birlik koʻrsatdi.

Prezidentning aytishicha, "qoʻzgʻolon tashkilotchilari oʻz xalqiga xiyonat qildilar".

Putin "Vagner" jangchilariga uchta variantni taklif qildi:

— mudofaa vazirligi saflarida xizmatni davom ettirish;

— uyga qaytish;

— Belarusga joʻnab ketish.

"Men bergan vaʼda bajariladi. Takror aytaman, tanlov har biringizning oʻz ixtiyoringizda, ammo bu oʻz fojiali xatosini tushungan rossiyalik askarlarning tanlovi boʻlishiga ishonaman”, — degan Putin.

Eslatib oʻtamiz, 24 iyun kuni Yevgeniy Prigojin boshchiligidagi "Vagner" guruhi Rostov shahrini egallagandi. Putin bu holatni orqadan pichoq urish deya atadi. Kechga borib, Prigojin Belarus prezidenti Lukashenko orqali muzokaralarga rozi boʻlgani xabar berildi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid