platina.uz
Jahon

Prigojin isyonining oxiri: jinoiy ish yopilgani eʼlon qilindi

Ayni paytda Yevgeniy Prigojinning qayerda ekani nomaʼlum, baʼzi manbalarga koʻra u Belarusga yoʻl olgan.

Prigojin isyonining oxiri: jinoiy ish yopilgani eʼlon qilindi

"Vagner" xususiy harbiy shirkati rahbari Prigojinga qarshi qurolli isyon ishi yopildi. Bu haqda Rossiya federal xavfsizlik xizmatiga asoslanib, mahalliy OAV xabar bermoqda.

Maxsus xizmatning taʼkidlashicha, ushbu ishni tergov qilish jarayonida uning ishtirokchilari jinoyatni sodir etishga qaratilgan harakatlarni toʻxtatgani aniqlangan.

Rossiya Mudofaa vazirligi "Vagner" kuchlaridan barcha ogʻir harbiy texnikalar davlatga qaytarilishi jarayoni boshlanishi haqida xabar bergan.

Ayni paytda Yevgeniy Prigojinning qayerda ekani nomaʼlum, baʼzi manbalarga koʻra u Belarusga yoʻl olgan.

Eslatib oʻtamiz, Prigojin 24 iyun kuni Moskvaga qurolli yurishini eʼlon qilgach, unga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgandi. Hatto Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko yordamida kelishuvga erishilganda ham ish toʻxtatilmagandi.

Bundan avval Rossiya prezidenti Vladimir Putin "vagnerchilar"ga murojaat qilib, ular uch yoʻlni taklif qilgandi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid