platina.uz

Fargʻonada bir guruh jinoyatchilar ushlandi

Fargʻona viloyatida tezkor vaziyat barqarorligini taʼminlash, jinoyatchilikni jilovlash borasida hamkorlikdagi tezkor-qidiruv profilaktik tadbirlari davom etyapti.

Jamiyat
3-dekabr 2023 yil
Fargʻonada bir guruh jinoyatchilar ushlandi

Fargʻonada kriminogen muhitda mavqega ega boʻlgan 248 nafar shaxsning yashash va boshqa manzillarida kompleks tezkor qidiruv tadbirlari oʻtkazildi.

Oʻtkazilgan tadbirlarda 66 ta jinoyat aniqlandi;

  • 4 kg. 749 gramm giyohvandlik vositalari;
  • 78 dona psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar;
  • 41 ta qurol, oʻq dorilar va sovuq qurol;
  • 45 dona turli xil kompyuter, telefon hamda diniy adabiyotlar;
  • jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yashiringan 37 nafar qidiruvdagi shaxs qoʻlga olindi.

Bundan tashqari, oʻtkazilgan maxsus tadbirlar davomida guruhbozlik qilgan 22 nafar shaxs bezorilik ustida ushlangan.

Shuningdek, 22 noyabr kuni Oltiariq tumanida guruhbozlikka intiluvchi ikki guruh vakillari A.R. va T.M. oʻrtasida janjal kelib chiqqan. Oʻtkazilgan tezkor ishlar davomida 15 nafar guruhboz va ularning izdoshlari qoʻlga olingan.

27 noyabr kuni sportchi X.T. guruhbozlikka intilib, atrofiga shaxslarni yigʻib, Qoʻqon shahrida ikki shaxsga tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan vaqtda ushlangan.

Uyushgan guruhga rahbarlik qilib, fuqarolarni tovlamachilik va mulklarni boshqa yoʻllar bilan talon-toroj qilgan A.Mamirov jinoyat ustida qoʻlga olinib, tergov organlariga topshirilgan.

Avvalroq “Sayidaziz medgorodok” va “Baxti Tashkentskiy” ham qoʻlga olingan edi.


Mavzuga doir: “Qonundagi oʻgʻrilar”: xalq orasida ideallashib ketgan jinoyatchilar

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+