Izboskanga yangi hokim tayinlandi
Tumanning avvalgi hokimi Serobiddin Ismoilov qamoqqa olingan edi.

Andijon viloyati Izboskan tumani hokimi lavozimiga Elyorbek Karimov tayinlandi. Tumanning avvalgi hokimi Serobiddin Ismoilov qamoqqa olingan edi.
Elyorbek Karimov 1986 yilda shu tumanda tugʻilgan. 2008 yilda Andijon qishloq xoʻjalik institutini (sirtqi) tamomlagan.
U tuman hokimining birinchi oʻrinbosari, viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.
Lavozimga tayinlanguniga qadar Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi v.v.b lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.