platina.uz
Jahon

Gʻazo jurnalistlar uchun "jahannam"ga aylanmoqda

Umumiy qurbonlar soni esa 20 mingdan oshib ketgan. 

Gʻazo jurnalistlar uchun "jahannam"ga aylanmoqda

Isroil va HAMAS harakati oʻrtasida urush boshlanganidan beri Gʻazo sektorida halok boʻlgan jurnalistlar soni 101 nafarga yetdi. Bu haqda Gʻazoning OAVga masʼul idorasi xabar bergan.

Dekabr oyi boshida Jurnalistlarni himoya qilish qoʻmitasi ularning sonini 63 nafar deb eʼlon qilgan edi.

Departament xabariga koʻra, Gʻazo sektoridagi janglarning 101-qurboni Falastin nashrlaridan birining vakili Ahmad al-Madxun boʻlgan. U anklavning shimoliy qismida joylashgan hududni oʻqqa tutishi natijasida halok boʻlgan.

Birgina 16 oktabr kuni Gʻazoda 11 jurnalist aviazarbalar oqibatida halok boʻlgan.

Gʻazo Sogʻliqni saqlash tashkiloti sektorda Isroil zarbalari oqibatida 20 ming oshiq inson halok boʻlganini aytmoqda.

Bir necha kun avval HAMAS Isroilning sulh boʻyicha taklifiga rad javobini bergani maʼlum boʻlgandi. Isroil HAMAS harakatiga oʻt ochishni toʻxtatish evaziga garovdagi qolgan ayollar va bolalarni ozod qilishni taklif qildi. HAMAS bu taklifni rad etdi va avval sulh oʻrnatishni, keyin esa garovga olinganlarni qaytarish jarayonini muhokama qilishni talab qilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid