platina.uz
Jamiyat

"Oʻzavtosanoat"ning savdoga javobgar oʻrinbosari ishdan olindi

Bu haqda Platina.uz manbasi xabar berdi.

"Oʻzavtosanoat"ning savdoga javobgar oʻrinbosari ishdan olindi

“Oʻzavtosanoat” AJ Boshqaruv raisining savdoni rivojlantirish va marketing boʻyicha oʻrinbosari Tadjiyev Sardor Ubaydullayevich lavozimidan ozod etildi.

Bu haqda Platina.uz manbasi xabar berdi.

Avvalroq UzAutoMotors sayti kiberhujumga uchragani xabar berilgandi.

Taʼkidlash kerakki, 22 dekabr kuni Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiya ochilgandi. Ammo onlayn tarzda amalda shartnoma rasmiylashtirishning iloji boʻlmadi.

Bugun, 25 dekabr soat 14dan mashinalarga yana onlayn shartnoma ochilgani aytildi. Ammo maʼlumotlarga koʻra, texnik nosozliklar davom etmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid