platina.uz
Siyosat

Rossiya tashqi ishlar vazirligi izoh berdi

Mariya Zaxarova OAVda keng muhokama boʻlayotgan Zaxar Prilepinning fikrlariga izoh berib oʻtdi.

Rossiya tashqi ishlar vazirligi izoh berdi

Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova OAVda keng muhokama boʻlayotgan Zaxar Prilepinning fikrlariga izoh berib oʻtdi.

"Z.Prilepinning bayonotlari uning shaxsiy fikri va Rossiya Federatsiyasining rasmiy pozitsiyasidan ancha uzoqda", deyiladi rasmiy izohda.

Shuningdek, Zaxarova Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi doʻstona aloqalarni alohida taʼkidlab oʻtgan. Uning aytishicha, ayni paytda hamkor davlatlar bilan migratsiya masalasida kompleks meʼyoriy, tashkiliy, axboriy va boshqa choralar koʻrish rejalashtirilgan.

Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Oleg Malginovning oʻzi ham shu maʼnoda bayonot bergan.

Eslatib oʻtamiz, rus elchisi bu bayonot ataylab provokatsion ruhdaligi, ikki xalq oʻrtasida oʻrnatilgan tarixiy doʻstona munosabatlarga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkinligini bildirgandi.


Mavzuga doir: Itlar orasidan oʻtayotgan karvon

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid