platina.uz
Jamiyat

Zapravkalardagi cheklovga izoh berildi

Platina.uz soʻroviga nisbatan Energetika vazirligi matbuot xizmati gaz zapravkalaridagi cheklovlarga izoh berib oʻtdi.

Zapravkalardagi cheklovga izoh berildi

Energetika vazirligi matbuot xizmatining Platina.uz saytiga maʼlum qilishicha, zapravkalardagi cheklovlar gaz yoʻqligidan emas, bosim kamligi, yuklama koʻpligi bilan bogʻliq.

"Gaz zapravkalarda limit boʻyicha cheklov yoʻq. Faqat bir narsani tushunishinglarni istardik: oddiy isteʼmolchi, yaʼni sizu biz ham, ijtimoiy soha obʼektlari, yaʼni maktablar, kasalxonalar, bolalar bogʻchalarini isitishga xizmat qiluvchi issiqlik markazlari ham, tadbirkorlik subʼektlari ham, elektr energiyasi ishlab chiqarib, bizga yetkazib beradigan elektr stansiyalari ham, metan zapravkalar ham bitta katta quvurdan kelayotgan tabiiy gazni oladi. Hammasi baravar ishlagan mahalda ularning har birida oʻz-oʻzidan bosim pasayishi turgan gap", dedi vazir matbuot kotibi Hasan Toshxoʻjayev.

Uning qoʻshimcha qilishicha, birinchi navbatda aholi hamda ijtimoiy soha obʼektlarini, qolaversa, elektr stansiyalarni tabiiy gaz bilan uzluksiz va barqaror taʼminlash maqsadida sutkaning ehtiyoj oʻta ortgan vaqtlarida ayrim cheklovlarni kiritishga toʻgʻri kelmoqda.

Eslatib oʻtamiz, gaz zapravkalari faoliyati avvaliga 06:00-15:00 gacha, bugundan esa 06:00-12:00 gacha qisqartirilgan edi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid