platina.uz
Jamiyat

Toshkent viloyatida turli xarajatlar uchun 31 mlrd. soʻmdan oshiq pul ajratildi

Avvalroq Quyi Chirchiqda joylashgan mahalladagi koʻzboʻyamachiliklar haqida xabar berilgandi. 

Toshkent viloyatida turli xarajatlar uchun 31 mlrd. soʻmdan oshiq pul ajratildi

Toshkent viloyatida mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan 31 mlrd. 655 million soʻm mablagʻ ajratildi. Bu haqda Xalq deputatlari viloyat kengashi qarori qabul qilingan.

Jumladan, Nurafshon shahrida amfiteatr binosini qurish uchun 15 mlrd. soʻm pul beriladi.

Chinoz tumanidagi 2-sonli kasb-hunar maktabi binosini rekonstruksiya qilish uchun ham shuncha mablagʻ beriladi. Nurafshon shahrida jamoatchilik ehtiyoji uchun olingan 3 ta turarjoy va yer maydonlari boʻyicha zararni qoplashda tovon pullar uchun 913 million soʻm ajratiladi.

Biroz avval viloyatning Quyi Chirchiq tumanidagi Koʻksaroy mahallasidagi koʻzboʻyamachiliklar haqida xabar berilgandi. Unda abgor ichki koʻchalar va ichimlik suvi muammosi koʻtarilgan.

Avvalroq ushbu viloyat hokimi Zoyir Mirzayev xizmat mashinalari uchun byudjetdan 1,3 mlrd. soʻm ajratgandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid