platina.uz
Jamiyat

Metan zapravkalari ish vaqti yana qisqartirildi

Bunga gaz bosimi pasayib ketgani sabab qilib koʻrsatilmoqda. 

Metan zapravkalari ish vaqti yana qisqartirildi

Bugundan Oʻzbekiston boʻylab metan zapravkalar faqat soat 06:00 dan 12:00 gacha ishlaydi. Bu haqda "Hududgaztaʼminot" maʼlum qildi.

Xabarda "ayrim joylarda isteʼmol ortgani sababli gaz bosimi pasayishi kuzatilayotgani, shuning uchun bugundan AGTKShlar ish vaqtiga oʻzgartirishlar kiritilgani" maʼlum qilingan.

Ushbu choralar vaqtinchalik boʻlib, havo harorati keskin pasayib ketgan vaqtda qoʻllanadi.

Eslatib oʻtamiz, dekabr oyi boshida, ob-havo keskin sovishi haqida xabarlardan soʻng Oʻzbekistonda metan zapravkalar faoliyati 06:00 dan 15:00 gacha etib belgilangandi.

Shu oʻrinda taʼkidlash kerakki, 2023 yil 7 oktabrdan Rossiyadan Oʻzbekistonga Qozogʻiston orqali gaz eksporti boshlangandi.

Iyun oyida Sankt-Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya gazini Oʻzbekistonga yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolangandi.

Oʻzbekiston har yili Rossiyadan tijoriy shartnoma asosida 2,8 milliard kub metr gaz sotib olishi belgilangan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid