platina.uz
Jamiyat

Toshkentda suv va kanalizatsiya narxi salkam 3 baravar oshmoqda

Suv va kanalizatsiya uchun birgalikda toʻlovlar rasmiy narxdan qimmatroq boʻladi. Quyida misollar bilan taqqoslab chiqamiz.

Toshkentda suv va kanalizatsiya narxi salkam 3 baravar oshmoqda

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi poytaxtda ichimlik va oqova suv xizmatlari tariflarining yangi narxlari tasdiqladi. Narxlar qariyb 3 baravar oshirildi.

Qarorga koʻra, bir metr kub suv narxi quyidagicha belgilandi:

  • aholi uchun ichimlik suvi 1400 soʻm (amalda 400 soʻm), oqova suv narxi 1000 soʻm (amalda 350 soʻm);
  • ulgurji isteʼmolchilari uchun ichimlik suvi 1400 soʻm (amalda 400 soʻm), oqova suv narxi 1000 soʻm (amalda 350 soʻm);
  • byudjet tashkilotlari uchun ichimlik suvi 1400 soʻm (amalda 400 soʻm), oqova suv narxi 1000 soʻm (amalda 350 soʻm);
  • yuridik tashkilotlar uchun ichimlik suvi narxi 3000 soʻm (amalda 1000 soʻm), oqova suv narxi 2200 soʻm (amalda 820 soʻm).

Ammo bu summalarga maxsus ustamalar qoʻshiladi. Masalan, hozirgi paytda ichimlik va oqova suv uchun ustamalar bilan jami 1400 soʻm toʻlanadi. Yangi narxlar kuchga kirsa, bu miqdor 3700 soʻm boʻladi. Bu markazlashgan isitish tizimiga ulangan koʻp qavatli uylardagi hisoblagichi bor xonadonlarga tegishli.

Suv va kanalizatsiya tariflari holatga qarab har xil hisoblanadi. Masalan, hisoblagichli va hisoblagichsiz xonadonlar, kanalizatsiyali va kanalizatsiyasiz hovli uylarga har xil narx hisoblanadi.

Shuningdek, oʻzini oʻzi isitish tizimiga ulangan isteʼmolchilar nisbatan kamroq toʻlaydi. Masalan, hozir ular 1000 soʻm toʻlayotgan boʻlsa, yangi narx bilan 2600 soʻm toʻlaydi.

Yana bir muhim yangilik, "Oʻzsuvtaʼminot" AJdan bizga maʼlum qilishlaricha, 2024 yildan maxsus ustamalar yoʻq boʻlishi kutilyapti. U holda nisbatan kamroq pul toʻlanadi.

Yangi narxlar rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 15 kun oʻtgach kuchga kiradi.

Eslatib oʻtamiz, avval Surxondaryo va Qashqadaryo, Toshkent, Buxoro, Fargʻona viloyatlarida ham ichimlik suvi narxlari ikki barobarga oshirilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid