Oʻgʻirlangan pullarning banki maʼlum boʻldi
Bank kiberxavfsizlik markazi ushbu hodisani tekshirmoqda.
Iqtisod
16-noyabr 2023 yil
Universalbank bank kartalarida bir necha million soʻm pullar oʻgʻirlanganini bank axborot xizmati tasdiqladi.
Aytilishicha, bank kiberxavfsizlik markazi ushbu hodisani tekshirmoqda.
Bank xabariga koʻra, anti-frod tizimida muammolar chiqqan, bank Unired ilovasidagi barcha jarayonlarni vaqtinchalik toʻxtatgan. Bir necha yuz million soʻm muzlatilgan.
Avvalroq 11 noyabrga oʻtar kechasi va erta tongda ayrim fuqarolarning bank kartalaridan katta miqdordagi pullar gʻoyib boʻlgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Markaziy bank va HUMO toʻlov tizimi bank kartalaridan katta miqdorda pullar oʻgʻirlangani haqidagi xabarlarni rad etgandi.