Fargʻonada ham suv narxi salkam ikki baravar oshirildi
Byudjet tashkilotlari va ulgurji isteʼmolchilar uchun narx bir metr kub uchun 2991 soʻmga oshadi.
Fargʻona viloyati ichimlik suvi qariyb ikki baravarga oshadi va 1900 soʻmga koʻtariladi. Avvalgi narx 1000 soʻmni tashkil etgan. Bu haqda viloyat hokimi farmoyishi qabul qilindi.
Byudjet tashkilotlari va ulgurji isteʼmolchilar uchun narx bir metr kub uchun 2991 soʻmga oshadi. Avval narx 1300 soʻm edi.
Oqova suv xizmatlari aholi uchun 450 soʻmga yetadi (avvalgi narx 300 soʻm). Byudjet tashkilotlari va ulgurji isteʼmolchilar uchun 777 soʻm (avvalgisi 365 soʻm).
Eslatib oʻtamiz, avval Surxondaryo va Qashqadaryo, Toshkent, Buxoro viloyatlarida ham ichimlik suvi narxlari ikki barobarga oshirilgandi.
Shuningdek, prezident rasmiylarga ichimlik suvi tannarxini arzonlashtirishni topshirgandi.