platina.uz
Iqtisod

Toshkentda suv narxlari 3 baravar oshirilyapti, ammo kengash kun tartibida bu masala yoʻq

Hozir poytaxt aholisi uchun bir metr kub suv tarifi 400 soʻm va kanalizatsiya narxi esa 350 soʻmni tashkil etadi.

Toshkentda suv narxlari 3 baravar oshirilyapti, ammo kengash kun tartibida bu masala yoʻq

"Toshkent shahar suv taʼminoti" poytaxt aholisi uchun bir metr kub suv narxini 1400 soʻm, oqova suv narxini esa 1000 soʻm etib belgilash boʻyicha shahar kengashiga taklif kiritgan.

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 90-sessiyasi 13 oktabr kuni soat 15:00 da chaqiriladi. Ammo unda suv va kanalizatsiya narxlarini oshirish masalasi yoʻq.

Yuridik tashkilotlar uchun ichimlik suvi narxi 3000 soʻm, oqova suv narxi esa 2200 soʻm etib belgilanishi mumkin. Keltirilgan taklifda amaldagi oshiruvchi koeffitsiyent va ustamalar qoʻllanilishi yoki bekor qilinishi haqida maʼlumot berilmagan.

Chunki hozir poytaxt aholisi uchun bir metr kub suv tarifi 400 soʻm va kanalizatsiya narxi esa 350 soʻmni tashkil etadi, lekin ustama va koeffitsiyentlar hisobiga koʻp qavatli uyda yashovchilar bir kub metr suvdan foydalanganlik uchun jami 1400 soʻm haq toʻlaydilar.

Bundan tashqari, yangi tariflar tasdiqlangan taqdirda ham avval OAV orqali rasman eʼlon qilinishi va shu eʼlondan 15 kun oʻtib kuchga kirishi kerak.

Shu paytgacha Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon va Toshkent viloyatlarida ichimlik va oqova suv narxlari keskin oshirilgan. Ularni ham deputatlar tasdiqlab berishgan. Boshqa hududlarda hozircha oshmagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid