platina.uz
Jamiyat

Toshkent hokimiyati Botanika bogʻi sotilmasligini aytdi

Poytaxt hokimligi Botanika bogʻi boʻyicha rasmiy munosabat bildirdi.

Toshkent hokimiyati Botanika bogʻi sotilmasligini aytdi

Toshkent hokimligi tezda shov-shuvga aylangan Botanika bogʻi sotilishi bilan bogʻliq mojaroga munosabat bildirib, bogʻ hokimiyat tasarrufiga oʻtkazilmasligi va sotilmasligini maʼlum qildi.

"Vaziyatni oʻrgangan va Botanika bogʻi mutaxassislari bilan suhbatlashgan holda, shuni maʼlum qilamizki, Botanika bogʻi Toshkent shahar hokimligi balansiga oʻtkazilmagan va hokimlik mazkur qaror tashabbuskori emas. Hokimlik ushbu ilmiy dargohning mamlakat ekotizimini asrash, oʻsimliklar genofondini saqlash va koʻpaytirishdagi ahamiyatini eʼtirof etadi va uni istirohat bogʻiga aylantirishga yoʻl qoʻymaydi", deyiladi bayonotda.

Avvalroq Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Botanika bogʻini hokimiyat qaramogʻiga oʻtkazish haqidagi qaror lohiyasini yashirincha eʼlon qilgandi. Ammo jamoatchilik bundan xabar topib, jiddiy eʼtiroz bildirdi.

Davaktiv sal avval OʻzA va "Sharq" binolarini ham sotmoqchi boʻlgandi. Madaniy meros agentligi mazkur qarorga keskin eʼtiroz bildirib, ushbu binolar maday meros sifatida sotilmasligini aytgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid