Qozogʻiston orqali Oʻzbekistonga gaz yetkazish rasman boshlandi
Oʻzbekiston har yili Rossiyadan tijoriy shartnoma asosida 2,8 milliard kub metr gaz sotib oladi.

Shavkat Mirziyoyev, Vladimir Putin va Qosim-Joʻmart Toʻqayev Rossiya gazini Qozogʻiston orqali Oʻzbekistonga yetkazib berish jarayoniga start berishdi.
Kelishuvga koʻra, Oʻzbekiston har yili Rossiyadan tijoriy shartnoma asosida 2,8 milliard kub metr gaz sotib oladi.
Eslatib oʻtamiz, iyun oyida Sankt-Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya gazini Oʻzbekistonga yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolangandi.
Oldinroq esa Rossiya Oʻzbekiston va Qozogʻiston bilan tabiiy gaz yetkazib berish hajmini oshirish masalasini muhokama qilayotgani maʼlum boʻlgandi.