platina.uz
Iqtisod

Rossiya gazi kechikayotganiga qozoqlar izoh berdi

Vazirning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston tomoni gaz hajmi boʻyicha hamon ariza bermagan.

Rossiya gazi kechikayotganiga qozoqlar izoh berdi

Rossiya gazini Qozogʻiston orqali Oʻzbekistonga eksport qilishga tayyorgarlik ishlari oktabr oxirida nihoyasiga yetadi. Oy oxirigacha Qozogʻiston Rossiya gazini Oʻzbekistonga tranzit qilishni boshlaydi.

Qozogʻiston energetika vaziri Almasadam Satkaliyev rasmiylarning rejalari haqida maʼlum qildi.

Vazir brifing chogʻida hozirgi payt gazni hisobga olish uchun alohida liniya ajratish ishlari yakunlanayotganini taʼkidladi. Jadvalga koʻra, oktabr oyida hamma narsa tayyor boʻlishi kerak.

"Oʻylaymanki, yaqin kunlarda ushbu ishlar yakuniga yetgach, biz tranzit boshlanganini eʼlon qilishimiz mumkin" deydi u.

Satkaliyevning soʻzlariga koʻra, gaz hajmi Oʻzbekiston tomonining arizasi asosida kelishib olinadi.

Ariza asosida tranzitning aniq hajmi haqida xabar beriladi.

Eslatib oʻtamiz, iyun oyida Sankt-Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya gazini Oʻzbekistonga yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolangandi.

Avvalroq esa Rossiya Oʻzbekiston va Qozogʻiston bilan tabiiy gaz yetkazib berish hajmini oshirish masalasini muhokama qilayotgani maʼlum boʻlgandi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid