Mirziyoyev Qozogʻiston prezidentiga hamdardlik bildirdi
29 oktabr Qozogʻistonda motam kuni deya eʼlon qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toʻqayevga Qaragʻandi viloyatidagi Kostenko nomidagi konda roʻy bergan portlash oqibatida insonlar halok boʻlgani va jarohat olgani munosabati bilan hamdardlik yoʻlladi.
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Mirziyoyev kon ichida qolayotgan konchilar tez fursatda qutqarilishiga umid bildirdi, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, bugun ushbu kondan oʻttizga yaqin kishining jasadlari chiqarib olindi. Prezident Toʻqayev hodisa sabab 29 oktabrni Qozogʻistonda motam kuni deya eʼlon qildi.