platina.uz

Bolalar oʻlimiga sababchi kompaniya yana dori chiqarishni boshladi

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda doridan ommaviy zaharlanish 2022 yil dekabrda sodir boʻlgandi. 

Jamiyat
11-oktabr 2023 yil
Bolalar oʻlimiga sababchi kompaniya yana dori chiqarishni boshladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtati hukumati yoʻtalga qarshi siroplar ishlab chiqaradigan Marion Biotech zavodida ishlab chiqarishning asosiy qismini qayta tiklashga ruxsat berdi. Kompaniya ishlab chiqargan sirop 2022 yilda Oʻzbekistonda 65 nafar bolaning oʻlimiga sabab boʻlgandi, deb yozadi Reuters.

Kompaniya Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) va boshqa idoralar tomonidan yoʻtal siroplari Oʻzbekiston, Gambiya va Kamerunda 141 bolaning oʻlimiga aloqador boʻlgan uchta hind tashkiloti qatoriga kiradi. Bu zaharlanishning dunyodagi eng yomon toʻlqinlaridan biriga aylandi.

"Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan boshqa dori-darmonlarni sifatsiz ishlab chiqarish holatlari maʼlum emas", deydi Marion Biotech joylashgan davlat dori-darmonlarni nazorat qilish agentligi. Ushbu boʻlim 2023 yil mart oyida kompaniya litsenziyasini bekor qilgandi.

Narkotik moddalarni nazorat qilish vakili korxonaning murojaati qisman qanoatlantirilgani, propilen glikol (PG) qoʻllangan mahsulot ishlab chiqarishga berilgan ruxsatnoma bekor qilingani, qolgan barcha mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishga ruxsat berilgani haqida maʼlum qildi.

Korxonaning Uttar-Pradesh shtatidagi zavodi Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirligi kompaniyaning ikkita yoʻtal siropi – Ambronol va DOK-1 Maksni 2023 yilda tekshirgach, mart oyida yopilgandi.

Oʻzbekiston prokuraturasi Marion kompaniyasining sifatsiz siroplarini tarqatuvchilari majburiy tekshiruv oʻtkazmaslik uchun mansabdor shaxslarga 33 ming dollar pora berganini maʼlum qildi. Hozirda 21 kishi sudlanganmoqda - 20 nafar oʻzbekistonlik va bir nafar hindistonlik.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda doridan ommaviy zaharlanish 2022 yil dekabrda sodir boʻlgandi. Dastlab 20 nafar bola vafot etgani aytildi, keyin bu raqamlar uch barobarga oshdi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+