platina.uz
Siyosat

Oʻzbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan jiddiy xavotir bildirdi

7 oktabr kuni Falastinning Gʻazo sektoridagi HAMAS guruhi "Al-Aqsa boʻroni" operatsiyasi boshlanganini eʼlon qildi. 

Oʻzbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan jiddiy xavotir bildirdi

Oʻzbekiston Isroil va Gʻazo sektori oʻrtasidagi keskin vaziyat yuzasidan munosabat bildirdi.

"Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Falastin-Isroil mojarosi hududida tinch aholi orasida koʻplab qurbonlarga olib kelgan va butun Yaqin Sharqdagi vaziyatni sezilarli darajada murakkablashtirgan holat keskinlashganidan jiddiy xavotir bildiradi.

Biz kurashayotgan tomonlarni qurolli qarama-qarshilikni tez fursatlarda tugatish va inqirozni siyosiy hamda diplomatik vositalar orqali hal qilish uchun barcha choralarni koʻrishga chaqiramiz.

Soʻnggi voqealar munosabati bilan halok boʻlganlarning oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildiramiz va barcha jarohatlanganlarning tezroq sogʻayib ketishini tilaymiz" deyiladi TIV bayonotida.

Eslatib oʻtamiz, 7 oktabr kuni Falastinning Gʻazo sektorida HAMAS guruhi "Al-Aqsa boʻroni" operatsiyasi boshlanganini eʼlon qildi. Oqibatda ikki tomondan yuzlab kishilar halok boʻldi. Isroil tomoni esa armiyani oyoqqa turgʻizib, urush boshlanganini eʼlon qildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid