Zaharlanish holati boʻyicha jinoiy ish ochildi
Bu haqda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva xabar berdi.

Namangandagi zaharlanish holati boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, ish Namangan viloyat prokuraturasidan Bosh prokuraturaga oʻtkazildi.
Bu haqda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva xabar berdi. Bugun Prezident admiinistratsiyasi masʼullari Namangan viloyatiga yetib bordi.
"Vaziyatni koʻzimiz bilan koʻrish uchun shifoxonaga bordik, bolajonlar holidan xabar oldik. Ularning kayfiyati yaxshi, hammalari asta-sekin tuzalishmoqda, koʻpchiligi sogʻaygani uchun uyiga — oilasi bagʻriga qaytarilgan. Biz bolalarning ota-onalari bilan ham suhbatlashdik, ularning tashvishiga sherik ekanimizni bildirdik", dedi Saida Mirziyoyeva.
Ular bogʻcha tarbiyalanuvchilari bilan sodir boʻlgan holat yuzasidan sogʻliqni saqlash, SES, taʼlim, prokuratura va boshqa tegishli soha mutasaddilari bilan yigʻilish oʻtkazib, vaziyatni va tekshiruvning borishini muhokama qildi.
Hozirda oʻrganish ishlari davom etmoqda, jarayon nazoratga olingan, natijasi haqida qoʻshimcha ravishda xabar qilinadi.
Avvalroq Chust tumanida ommaviy zaharlanish kuzatilgan, keyinroq bu holat Andijonda ham sodir boʻlgan. Vaziyat esa prezident tomonidan nazoratga olingan. Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari esa bolalar ovqat yo doridan zaharlanmaganini aytgandi.