Oqqoʻrgʻon sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlandi
U avgust oyigacha Oqqoʻrgʻon tumani hokimi lavozimida ishlagan edi.

Alisher Karimjonov Ohangaron shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Ohangaron shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Turgunali Sultanov lavozimidan ozod etildi.
Karimjonov avgust oyigacha Oqqoʻrgʻon tumani hokimi lavozimida ishlagan edi. 1 avgust kuni u ishdan olinib, Toʻra Bobolov tumanga hokim boʻlgandi.
Eslatib oʻtamiz, Toʻra Bobolov ilk bor 2019 yilda Surxondaryo viloyati hokimi vazifasiga kelgandi. U Surxondaryoga 2022 yil dekabrigacha rahbarlik qildi. 2023 yil mart oyida Bobolovning deputatlik vakolati ham tugatilgandi.