platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Marokash podshohiga taʼziya bildirdi

Prezident vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tilagani aytiladi.

Shavkat Mirziyoyev Marokash podshohiga taʼziya bildirdi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Marokash podshohi Muhammad VIga taʼziya maktubi yoʻlladi.

Maktubda Marokash hududida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida koʻplab odamlar qurbon boʻlgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar koʻrilgani munosabati bilan hamdardlik bildirilgan.

Shavkat Mirziyoyev vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tilagani aytiladi.

Eslatib oʻtamiz, Marokashda bugun 7.2 balli halokatli zilzila sodir boʻldi, qurbonlari soni esa ortib bormoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid