platina.uz
Jamiyat

Hokim kaltaklangan direktor holidan xabar oldi

31 avgust kuni tarmoqda Tursunova kaltaklanib ketgani xabari tarqalgandi. 

Hokim kaltaklangan direktor holidan xabar oldi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov Sariosiyo tumanidagi 28-sonli maktab direktori Umida Tursunovaning holidan xabar olish uchun tuman tibbiyot birlashmasi shifoxonasiga bordi, u voqea aybdori qonunga muvofiq jazolanishini aytgan. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sariosiyo tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari bergan tashxislariga koʻra bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, boshning peshona tepa ensa sohasi koʻplab ezilib yirtilgan jarohatlari, ikkala koʻz yuqori va pastki qovoqlarga qontalashish diagnozi qoʻyilgan.

U.Tursunovaga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali mutaxasislari tomonidan konsultatsiya qilinib, zarur tibbiy yordamlar koʻrsatilmoqda. Ayni vaqtda bemorning ahvoli barqaror. Uni RShTYoIM viloyat filialiga koʻchirish chorasi koʻrilmoqda.

Viloyat hokimi U.Tursunovaga shikast yetkazgan aybdorning qonunga muvofiq javobgarlikka tortilishini hamda uning toʻlaqonli davolanishini oʻz nazoratiga olganligini bildirdi, deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Umida Tursunova aynan Ulugʻbek Qosimov bilan majlisda tortishib, jamoatchilik eʼtiboriga tushgandi.

31 avgust kuni tarmoqda Tursunova kaltaklanib ketgani xabari tarqaldi. Uni kaltaklashda ayblangan gumondor qoʻlga olingan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid