platina.uz
Jamiyat

Kitobda dehqon bozori yonib ketdi

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi vaqtlarda Oʻzbekistonda bozorlar yonishi holatlari koʻp uchramoqda.

Kitobda dehqon bozori yonib ketdi

Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani markaziy dehqon bozori yonib ketdi. Voqea guvohlaridan birining aytishicha, hodisa 31 avgust tongida sodir boʻlgan.

Jumladan bozorning hoʻl va quruq mevalar sotiladigan qismi va bir nechta xoʻjalik mollari doʻkonlari yongan.

Qashqadaryo FVB hodisani tasdiqlab, rasmiy munosabat eʼlon qildi. Unda aytilishicha, yongʻinda 36 kv.m hudud yongan, oʻt oʻchiruvchilar harakati natijasida 2700 kv.metr hudud yongʻindan saqlab qolingan.

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi vaqtlarda Oʻzbekistonda bozorlar yonishi holatlari koʻp uchramoqda. Jumladan, besh kun avval Andijon viloyati, Baliqchi tumani bozori yongandi. Shuningdek, Namangan, Xiva, Qoʻqon va Buxorodagi bozorlarda ham yirik yongʻinlar kuzatilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid