Moskva birjasida rubl rekord darajada qadrsizlandi
Rossiya valyutasining qadrsizlanishi oʻzbek soʻmiga ham taʼsir qilmoqda.
Moskva birjasidagi valyuta savdolarida yevro kursi 2022 yil 23 martdan beri birinchi marta 111 rubldan oshdi. Bu haqda auksion maʼlumotlarida aytiladi.
Yevro kursining keskin oʻsishi 14 avgust kuni soat 8:00da boshlangan, u 108,99 rubldan 110,54 rublgacha koʻtarilgan.
Shuningdek, dollar kursi 2022 yil 23 martdan beri birinchi marta 101 rubldan oshdi.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya valyutasining qadrsizlanishi oʻzbek soʻmiga ham taʼsir qilmoqda. Avvalroq soʻm bir kunda dollarga nisbatan 400 soʻmdan koʻproqqa qadrsizlangandi.
Rublning qulashi iyun oyining oxirlaridan boshlangandi. Birgina 26 iyun kuni (Prigojin isyonidan soʻng) dollar kursi 86,77 rublga, yevro esa 94,8 rublga yetgandi.