Toʻra Bobolov pul ajratishni boshlab yubordi
Bobolov 1 avgust kuni Oqqoʻrgʻon tumani hokimi etib tayinlangandi.

Oqqoʻrgʻon tumani hokimi Toʻra Bobolov "Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi"ga 341,0 mln. soʻm mablagʻ ajratish boʻyicha farmoyish chiqardi.
Ushbu mablagʻ tuman byudjetining 2023 yil 2-chorak orttirib qolingan qismidan ajratilishi belgilangan.
"Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi" byudjet jarayonlarida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash va aholi muammolarini hal etishga qaratilgan jamgʻarma sanaladi.
Toʻra Bobolov 1 avgust kuni Oqqoʻrgʻon tumani hokimi etib tayinlangan.
Eslatib oʻtamiz, Toʻra Bobolov ilk bor 2019 yilda Surxondaryo viloyati hokimi vazifasiga kelgandi. U Surxondaryoga 2022 yil dekabrigacha rahbarlik qildi. 2023 yil mart oyida Bobolovning deputatlik vakolati ham tugatilgandi.