Shavkat Mirziyoyevga tabriklar kelishi davom etmoqda
Oʻzbekiston prezidenti bir qator davlat rahbarlari bilan muloqot qildi.

Dunyo liderlari Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabriklamoqda.
Jumladan, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov:
— Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;
— Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;
— Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev;
— Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;
— Qozogʻiston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevlar tabrikladilar.
Eslatib oʻtamiz, bugun Shavkat Mirziyoyev 66 yoshni qarshilamoqda. Avvalroq Turkmaniston rahbari Serdar Berdimuhammedov va Rossiya prezidenti Vladimir Putinlar ham tabrik yoʻllagandi.