“Turonbank” boshqaruv raisi qamoqqa olinganidan soʻng ilk bor bayonot berdi
Bank kuzatuv kengashi yuzaga kelgan vaziyatni faol oʻrganayotganini, uning bank faoliyatiga ehtimoliy taʼsirini baholashi va vakolatli organlar bilan hamkorlik qilayotganini bildirdi.

“Turonbank” boshqaruv raisi qamoqqa olinganidan soʻng ilk bor bayonot berdi.
OAV va ijtimoiy tarmoqlarda “Turonbank” boshqaruvi raisi Chori Mirzayev qamoqqa olingani haqida xabarlar tarqalgandi. Shundan soʻng bank jamoasi va kuzatuv kengashi mazkur xabarlarni rad etmagan holda alohida rasmiy bayonotlar eʼlon qildi.
“Bank oʻz faoliyatini belgilangan tartibda davom ettirmoqda. Bank xizmatlari markazlari, ofislar va raqamli platformalar orqali mijozlarga xizmat koʻrsatish davom etmoqda. Bankning omonatchilar, mijozlar, investorlar va hamkorlar oldidagi majburiyatlari oʻz kuchida qoladi”, deyiladi xabarda.
Kuzatuv kengashi esa yuzaga kelgan vaziyatni faol oʻrganayotgani, uning bank faoliyatiga ehtimoliy taʼsirini baholayotgani va vakolatli organlar bilan hamkorlik qilayotganini maʼlum qildi.
Eslatib oʻtamiz, bir necha kun avval “Turonbank” boshqaruvi raisi Chori Mirzayev ushlangani xabar berilgandi. U yirik miqdordagi pullarni oʻzlashtirishda gumonlanmoqda.





