platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Qirgʻizistondagi yongʻinda halok boʻlgan ikki oʻzbekistonlik vatanga qaytariladi

Yana bir fuqaro Jalolobod viloyati klinik shifoxonasining jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan. Uning ahvoli ogʻir deb baholanmoqda. 

Qirgʻizistondagi yongʻinda halok boʻlgan ikki oʻzbekistonlik vatanga qaytariladi

Qirgʻizistonning Jalolobod viloyatidagi yongʻinda halok boʻlgan ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosining jasadlarini Vatanga qaytarish choralari koʻrilmoqda. Bu haqda tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Omonulla Fayziyev maʼlum qildi.

Avvalroq Qirgʻizistonning Manas shahrida 22 noyabr kuni qurilish obʼektida sodir boʻlgan yongʻin oqibatida ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻlgani, yana bir nafari ogʻir ahvolda shifoxonaga yotqizilgani xabar berilgandi.

Omonulla Fayziyevning aniqlik kiritishicha, yongʻin qurilishi tugallanmagan ikki qavatli restoran binosida yuz bergan.

Hodisa oqibatida mazkur obʼektda ishlagan 1986 yilda tugʻilgan I.R.A. va 1988 yilda tugʻilgan B.B.B. tutundan zaharlanib vafot etgan.

Yana bir Oʻzbekiston fuqarosi — 1999 yilda tugʻilgan A.A.A. Jalolobod viloyati klinik shifoxonasining jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan. Uning ahvoli ogʻir deb baholanmoqda.

Hozirda holat yuzasidan Qirgʻizistonning mahalliy idoralari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid