platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Jahongir Jumanov Oltiariq tumani hokimi etib tayinlandi

U avval Fargʻona viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi boʻlib ishlab kelgan. 

Jahongir Jumanov Oltiariq tumani hokimi etib tayinlandi

Oltiariq tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda Fargʻona viloyati hokimligi xabar berdi.

​Bugun Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.​Unda tashkiliy masala koʻrib chiqildi.

​Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Jumanov Jahongir Sabitaliyevich nomzodi tuman deputatlari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.

​Hozirga qadar viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi boʻlib ishlab kelgan Jahongir Jumanov Oltiariq tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Avvalroq Mirzaobod va Nishon tumanlariga hokimlar tayinlangandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid