platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

"Bizda ishdan ketilmaydi, lavozim oʻzgaradi" — Shohruh Gʻiyosov matbuot kotibligidan olinganiga izoh berdi

"Bizda rahbarlarning vazifasi har 5 yil muddatda oʻzgaradi, aslida. Inshaalloh, biz ham koʻtarilib ketarmiz. Qayerga xizmatga joʻnatishsa, oʻsha yerda ishlaymiz", — dedi sobiq IIV matbuot kotibi qisqa suhbatda.

"Bizda ishdan ketilmaydi, lavozim oʻzgaradi" — Shohruh Gʻiyosov matbuot kotibligidan olinganiga izoh berdi

Avvalroq Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohruh Gʻiyosov lavozimidan olingani xabar qilingan edi. Mazkur xabar tarqalgandan soʻng, ijtimoiy tarmoqlarda uning ishdan ketishi bilan bogʻliq bir qancha taxminlar aytildi.

Jumladan, bloger Jahongir Latipov bilan sal avval Ichki ishlar vazirligidan tayyorlangan koʻrsatuv ham sabab qilib koʻrsatildi. Shundan soʻng Latipov sobiq matbuot kotibiga qoʻngʻiroq qilib, undan ishdan ketish sababi va bunga oʻzi tayyorlagan reportajning aloqasi bor-yoʻqligini soʻradi. Ikki tomonlama telefon suhbati bloger tomonidan eʼlon qilindi.

​Shohruh Gʻiyosov blogerning savolini kulgi bilan qarshi oldi va tarqalgan taxminlarni rad etdi.

​"Sizning koʻrsatuvingiz "plyus" boʻlsa boʻldiki, "minus" boʻlmadi. Oʻsha lavhangizdan soʻng bir nechta xodimlar, aksincha, koʻtarilib ketdi.

Bizda ishdan olinmaydi, lavozim oʻzgaradi. Bizda rahbarlarning vazifasi har 5 yil muddatda oʻzgaradi, aslida. Inshaalloh, biz ham koʻtarilib ketarmiz. Qayerga xizmatga joʻnatishsa, oʻsha yerda ishlaymiz", — degan sobiq IIV matbuot kotibi.

​Maʼlumot uchun, Shohruh Gʻiyosov 2019 yil 10 oktabrda Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshligʻi — ichki ishlar vazirining matbuot kotibi etib tayinlangandi.

Gʻiyosov ichki ishlar organlaridagi faoliyatini 1996 yildan boshlab, shu kunga qadar turli lavozimlarda xizmat qilib kelgan. Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid