platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

"Bizning yuzimizdan foydalanishdi": Shahzoda Muhammedova Imarat atrofidagi ishlar boʻyicha izoh berdi

Unga koʻra, kompaniyadagi vaziyatga Marat Hamdamov emas, boshqa bir taʼsischi Jasur Azizov aybdor. U kompaniyaga tushgan pullar evaziga Londondan 12 mln dollarlik koʻchmas mulk xarid qilgani aytilmoqda. 

"Bizning yuzimizdan foydalanishdi": Shahzoda Muhammedova Imarat atrofidagi ishlar boʻyicha izoh berdi

Bir necha kun avval sud tomonidan qamoqqa olishga sanksiya berilgan Imarat kompaniyasi taʼsischisi Marat Hamdamovning turmush oʻrtogʻi Shahzoda Muhammedova videobayonot bilan chiqdi. U kompaniya atrofida yuzaga kelgan vaziyat sababini tushuntirishini maʼlum qilgan.

Muhammedovaga koʻra, kompaniyadagi vaziyatga Marat Hamdamovning sherigi, boshqa bir taʼsischi Jasur Azizov aybdor. Marat Hamdamov kompaniyaga investor sifatida kelgan.

"Jasur Azizov oʻz jamoasi bilan men va turmush oʻrtogʻimning yuzidan foydalandi. Aslida kompaniyaning ambassadori men edim. Marat Hamdamov investor edi, qurilish jarayonini boshqardi. Azizov esa xorijdagi mulklari bilan ovora boʻlib, chet elda yurdi. U hatto kompaniya pullariga Londondan 12 mln dollarga mulk sotib olgan. Bizda esa Dubaydagi uyimiz ham, haydab yurgan mashinamiz ham nomimizda emas. Hammasi Jasur Azizovning nomida. Agar biz tovlamachi boʻlganimizda, pullarni yechib allaqachon chet elga ketgan boʻlmasmidi? Biz oʻyin qurboni boʻldik. Yuzaga kelgan vaziyatda kimdir qurbon boʻlishi kerak edi. Azizov esa Marat Hamdamovni qurbon qilmoqchi boʻldi. Biroq men Oʻzbekistonda adolat borligiga ishonaman" deydi Muhammedova.

U Jasur Azizovga qarshi oʻzida dalillar borligiga va ulari ochiqlashini bildirdi.

Eslatib oʻtamiz, Marat Hamdamov bir necha kun avval protsessual tartibda ushlangandi. Keyin sud unga qamoqqa olish boʻyicha chora koʻrish haqida hukm chiqardi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid