platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jahon

Qirgʻizistonda uylarni "kotlovan" bosqichida sotish taqiqlandi

Davlat arxitektura va qurilish nazorati departamentiga ushbu talablarning buzilishini, jumladan, noqonuniy reklama, savdo boshlanishi va mablagʻlarni jalb qilishni aniqlash topshirildi.

Qirgʻizistonda uylarni "kotlovan" bosqichida sotish taqiqlandi

Qirgʻizistonda quruvchilarga "nol qurilish sikli" (kotlovan) tugagunga qadar kvartiralarni sotish, ulushli ishtirok shartnomalarini tuzish va loyihalarni reklama qilish taqiqlandi, deb xabar beradi 24.kg.

Maʼlumotlarga koʻra, Qirgʻiziston Qurilish, arxitektura, uy-joy va kommunal xizmatlar vaziri Nurdan Oruntayev tegishli buyruqni imzoladi.

Nol qurilish sikli poydevor qoʻyish va yer osti qurilish ishlarini toʻliq yakunlashni oʻz ichiga olgan qurilish bosqichini anglatadi. Ushbu bosqich tugagunga qadar quruvchilarga quyidagilar taqiqlanadi:

-qurilayotgan loyihalarda turar joy va turar joy boʻlmagan binolarni sotish;

-jismoniy va yuridik shaxslarning qurilish uchun mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq ulushli ishtirok shartnomalari, dastlabki shartnomalar va boshqa fuqarolik-huquqiy bitimlar tuzish; qurilish loyihalarini reklama qilish.

Davlat arxitektura va qurilish nazorati departamentiga ushbu talablarning buzilishini, jumladan, noqonuniy reklama, savdo boshlanishi va mablagʻlarni jalb qilishni aniqlash topshirildi.

Mutaxassislar allaqachon qurilish kompaniyalari bilan tushuntirish ishlarini olib bormoqdalar.

Avvalroq Oʻzbekistonda Imarat kompaniyasi taʼsischisi Marat Hamdamov qoʻlga olingandi. U ulushdorlarga vaqtida kvartiralarni taqdim etmaslik ortidan yuzaga kelgan mojaro sabab ushlandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid