Jahon tillari universiteti dekani Ulugʻbek Yoʻldoshev "Xavfsiz talaba" mojarosi ortidan ishdan olindi
Universitetda talabalar mobil ilovani oʻrnatmagani uchun darslarga kiritilmayotgani videosi tarqalgandi.

“Xavfsiz talaba” mojarosi ortidan Jahon tillari universiteti dekani Ulugʻbek Yoʻldoshev lavozimidan ozod etildi.
Ushbu universitetda talabalar mobil ilovani oʻrnatmagani uchun darslarga kiritilmayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Talablarning soʻzlariga koʻra, ular 3 noyabr kuni universitet eshigi oldida ushlab qolinib, ushbu ilovani majburlab oʻrnatishgan.
Taʼlim va ilm-fan vazirligi holatni oʻrganish uchun ishchi goʻruh tuzgan.





