Surxondaryoda 5-sinf oʻquvchisi mashina haydab yurganini maqtangani qimmatga tushdi
Surxondaryo viloyati YHXB mutaxassislari tomonidan voyaga yetmagan qoidabuzar va uning onasi bilan profilaktik suhbat oʻtkazilib, qonuniy chora koʻrildi.

Surxondaryoda 5-sinf oʻquvchisi mashina boshqardi. Surxondaryo viloyati IIB Yoʻl harakati xizmati mazkur hodisaga munosabat bildirdi.
Aytilishicha, Jarqoʻrgʻon tumanidagi 19-maktabning 5-sinf oʻquvchisi Oʻ.J qoʻshnisiga tegishli boʻlgan "Spark" rusumli transport vositasini boshqarib, ushbu jarayonni tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.
Holat tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻldi. Surxondaryo viloyati YHXB mutaxassislari tomonidan voyaga yetmagan qoidabuzar va uning onasi bilan profilaktik suhbat oʻtkazilib, qonuniy chora koʻrildi.
Avvalroq Soʻx tumanida 5-sinf oʻquvchisi otasiga tegishli Tracker avtomobilini boshqargani aks etgan video tarqalgandi.





