platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi ogohlantirish eʼlon qildi

Kuchli yogʻingarchilik vaqtida suv toʻplanishi mumkin boʻlgan pastqam hududlar, yerosti yoʻllari va tunnellardan uzoqroq boʻlish soʻralgan. 

Oʻzbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi ogohlantirish eʼlon qildi

Istanbul, Yalova va Kojayeli viloyatlarida istiqomat qilayotgan hamda vaqtincha boʻlib turgan oʻzbekistonlik fuqarolar ob-havo sharoitining yomonlashishi munosabati bilan ogohlikka chaqirildi. Bu haqda mamlakatimizning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabar berdi.

Kuchli yomgʻir, shamol va noqulay ob-havo sharoitlari suv toshqinlari, yoʻllarda harakatlanishning qiyinlashishi hamda boshqa favqulodda holatlar xavfini yuzaga keltirishi mumkin.

Shu munosabat bilan vatandoshlarimizdan quyidagi ehtiyot choralariga rioya qilishlari soʻralgan:

- Zarurat boʻlmasa, uzoq masofalarga safar qilishdan tiyilish;

- Kuchli yogʻingarchilik vaqtida suv toʻplanishi mumkin boʻlgan pastqam hududlar, yerosti yoʻllari va tunnellardan uzoqroq boʻlish;

- Dengiz sohillari, daraxtlar, elektr uzatish tarmoqlari va mustahkam oʻrnatilmagan konstruksiyalar yaqinida ehtiyotkorlikni oshirish;

- Avtomobil boshqarishda tezlikni kamaytirish va xavfsiz masofani saqlash;

- Turkiyaning vakolatli idoralari tomonidan eʼlon qilinayotgan rasmiy ogohlantirish va tavsiyalarga qatʼiy amal qilish.

Istanbulda kuchli yogʻingarchiliklar sabab shahar hududlarini suv bosdi. Taʼlim muassasalarida darslar vaqtincha toʻxtatildi. Mototsikllar harakati esa butunlay cheklandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid