“Taʼlimga bekorga eng ishongan kadrimni olib kelmadim” — Prezident
Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentda oʻtkazilgan uchrashuv davomida yangi Taʼlim va ilm-fan vazirligi va uning rahbari Erkinjon Turdimovga toʻxtaldi.

Prezident Yangi Toshkentda oʻtkazilgan uchrashuv davomida yangi Taʼlim va ilm-fan vazirligi va unga rahbar etib tayinlangan Erkinjon Turdimov haqida toʻxtalib oʻtgan.
“Son koʻpaydi, sifat esa kam. Bundan keyin har bir universitet kim uchun qanday kadr tayyorlashini oʻzi uchun aniq belgilab olishi kerak. Toʻrtta viloyatga hokim boʻlgan odamni Taʼlim vazirligiga bekorga olib kelmadim”, — dedi prezident.
Avvalroq Erkinjon Turdimov yangi vazirlik xodimlari bilan uchrashuv oʻtkazgani xabar berilgandi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda yagona Taʼlim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi, ushbu vazir bosh vazirning birinchi oʻrinbosari ham sanaladi.





