platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jahon

Tramp Ukrainaga yangi prezident saylash vaqti kelganini aytdi

Trampning soʻzlariga koʻra, rasmiy Kiyev allaqachon oʻz hududining 30 foizini yoʻqotgan. Ukraina tashqi ishlar vaziri mazkur bayonotga javob qaytardi. 

Tramp Ukrainaga yangi prezident saylash vaqti kelganini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina uchun yangi prezident saylash vaqti kelganini aytdi.

"Men ularga kelishuvlarga erisha oladigan yangi rahbar topishni taklif qilaman, u koʻp kelishuvlarga erisha oladi, lekin negadir Zelenskiy hech qachon bunday qilmaydi", dedi u.

Trampning soʻzlariga koʻra, Ukraina allaqachon oʻz hududining 30 foizini yoʻqotgan.

"Va menimcha, Ukraina uchun yangi prezidentni tanlash vaqti keldi", deb xulosa qildi u.

Ukrainaning munosabati darhol kuzatildi. Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga vaziyatga izoh berdi.

Uning taʼkidlashicha, Zelenskiy "Ukraina xalqining qoʻllab-quvvatlashidan bahramand" va "qaror qabul qilish huquqiga ega boʻlganlar" xalqdir.

“Xorijdan kelgan bayonotlar uning oʻz vazifalarini aʼlo darajada bajarayotganini tasdiqlaydi”, deb xulosa qildi Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rahbari X ijtimoiy tarmogʻida.

Avvalroq AQSh Rossiya bilan dizel yoqilgʻisi boʻyicha kelishuvga erishgandi. Bunga Ukrainaning noroziligiga sabab boʻldi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid