Toshkent viloyatida 13,9 mlrd soʻmlik byudjet mablagʻlari talon-toroj qilindi
Nurafshondagi oqova suv tozalash inshootida amalda bajarilgan 73,3 mlrd soʻmlik qurilish ishlari 87,2 mlrd soʻmga bajarilganligi haqida soxta maʼlumotlar tuzilgan.

Toshkent viloyatida 13,9 mlrd soʻmlik byudjet mablagʻlarining talon-toroji fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tumani boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.
Unda “Suv taʼminot va oqova suv obʼektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi” DUK Toshkent hududiy boshqarmasi va Toshkent viloyati “Suvoqova” DUK oʻrtasidagi shartnomaga koʻra Nurafshon shahrida qurilayotgan oqova suv tozalash inshootida amalda bajarilgan 73,3 mlrd soʻmlik qurilish ishlarini 87,2 mlrd soʻmga bajarilganligi haqida soxta maʼlumotlar tuzib, 13,9 mlrd soʻmlik byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Qoraqalpogʻistonda 250 kishining kartasidan 3 mlrd soʻmga yaqin pul oʻgʻirlagan guruh fosh etilgani xabar berilgandi.





