platina.uz
Jamiyat

Oʻgay ona tomonidan kaltaklanib vafot etgan bola ishi boʻyicha yangi tafsilotlar paydo boʻldi

Mazkur ish JKning 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) bilan qayta malakalandi. Ayblanuvchi 15 yildan 25 yilgacha qamalishi mumkin. 

Oʻgay ona tomonidan kaltaklanib vafot etgan bola ishi boʻyicha yangi tafsilotlar paydo boʻldi

Qashqadaryoda oʻgay ona tomonidan kaltaklanib vafot etgan bola ishi JKning 97-moddasi bilan qayta malakalandi. Bu haqda Bolalar ombdusmani xabar berdi.

Bolaning oʻlimiga olib kelgan mazkur jinoyat hodisasi yuzasidan jinoyat ishi joriy yil 30 sentabr kuni Qashqadaryo viloyat prokuraturasi yurituviga olinib, JKning 97-moddasi bilan qayta malakalangan.

Dastlabki tergovni viloyat prokuraturasi olib bormoqda.

Maʼlumot uchun: JK 97-moddasining 1-qismi, qasddan odam oʻldirish — 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

2-qismi: Javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda (bir necha kishini, homilador ayolni, ojiz ahvoldagi shaxsni oʻldirish, oʻta shafqatsizlik bilan va boshqa ogʻir holatlarda) sodir etilsa — 15 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid