platina.uz
Jamiyat

Gʻuzorda oʻquvchilar paxtaga sepilgan doridan zaharlandi

Maktab binosi paxta dalasiga yaqin hududda joylashgan. Holat boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, huquqiy baho berish maqsadida tegishli ekspertizalar tayinlandi. 

Gʻuzorda oʻquvchilar paxtaga sepilgan doridan zaharlandi

Gʻuzorda maktab oʻquvchilari paxtaga sepilgan doridan zaharlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB xabar berdi.

Aytilishicha, joriy yilning 23 sentabr kuni soat 11:45 larda Gʻuzor tumanidagi 51-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining 21 nafar oʻquvchisi koʻngil aynishi va bosh ogʻrigʻi kabi alomatlar bilan Gʻuzor tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan.

Oʻrganishlar natijasida aniqlanishicha, maktab binosi joylashgan “Yangiobod” mahallasiga tutash hududda “Shoxmalik Shermurod oʻgʻli” fermer xoʻjaligiga tegishli jami 88 gektar yer maydoni mavjud boʻlib, shundan 20 gektari maktab atrofida joylashgan. Mazkur yer maydonlariga paxta ekilgan.

Shu kuni soat taxminan 09:00 larda fermer xoʻjaligi tomonidan paxtaning erta yetilishini taʼminlash maqsadida “Agro Augron” nomli dori vositasi sepilgan. Buning oqibatida maktabda boʻlgan 10–11-sinflarning 22 nafar oʻquvchisi havo orqali zaharlanganlik alomatlari bilan tibbiyot muassasasiga yotqizilgan, ularga birlamchi “Oshqozon dispepsiya sindromi“ tashxisi qoʻyilgan.

Hozirda 7 nafar oʻquvchi Gʻuzor tuman tibbiyot birlashmasida statsionar davolanmoqda. Qolgan 15 nafar oʻquvchining sogʻligʻi yaxshilanganligi munosabati bilan ular yashash manziliga javob berilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 201-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Holatga huquqiy baho berish maqsadida tegishli ekspertizalar tayinlangan. Ayni vaqtda Qashqadaryo viloyati IIB Tergov boshqarmasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Avvalroq Ohangaronda bogʻcha tarbiyalanuvchisi hasharotlarga qarshi dori ichib vafot etgandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid