Ohangarondagi bogʻcha tarbiyalanuvchisining oʻlimi yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Ish doirasida 1 nafar shaxs gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Bosh prokuratura Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchisi vafot etgani boʻyicha izoh berdi.
Aniqlanishicha, 2026 yil 28 avgust kuni Ohangaron shahridagi davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchisi (16.07.2023 yilda tugʻilgan oʻgʻil bola) ushbu tashkilotning oshxonasida turgan xashoratlarga qarshi dori vositasini isteʼmol qilib zaharlangan.
Shahar Tibbiyot birlashmasida koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan 2026 yil 30 avgust kuni vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi (Kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Jinoyat ishi doirasida 1 nafar shaxs gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Tergov harakatlari har tomonlama, toʻliq va xolisona oʻtkazilib, har bir aniqlangan holatga qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy baho beriladi. Tergov natijalari haqida qonunchilikda belgilangan tartibda maʼlum qilinadi, deyiladi prokuratura xabarida.




